"Sizga yangi xat keldi"

"You have mail" filmini tomosha qilganmisiz? Filmda onasidan yodgorlik boʻlib qolgan bolalar kitob doʻkoni uchun katta kompaniyaga qarshi chiqgan ayol haqida ishlangan. Endi endi email lar rivojlanib...

Shakhlo Shakhobiddinova
Shakhlo Shakhobiddinova
7/31/2026·1 min read

"You have mail" filmini tomosha qilganmisiz?

Filmda onasidan yodgorlik boʻlib qolgan bolalar kitob doʻkoni uchun katta kompaniyaga qarshi chiqgan ayol haqida ishlangan. Endi endi email lar rivojlanib boshlagan paytlar tasvirlab berilgan... Filmning nomi ham shundan.

Bosh qahramonning "Around the corner"(Burchakda) degan kitob doʻkoni boladi. Har juma kitob oʻqish klubi boʻlib osha atrofdagi bolalar uni kitob oqishini eshitish uchun kelishadi. U yerning oʻziga yarasha bolajon atmosferasi boʻlib bolalar uchun bir umrlik xotira boʻlib qoladi.

Afsuski bir kuni qahramonimiz doʻkonini toʻgʻrisida katta kutubxona qurilishi haqida habar oladi. Kutubxona qurilishi uning biznesini parokanda qiladi. Asta sekin haridorlari kamayib hattoki haftada bir marotaba bolalar uchun kitob oʻqib bera olmaydigan holatga keladi. Koʻngli juda bezovta va hafa holatida katta ochilgan kutubxonaga kiradi.

Kutubxona jonsiz, kitoblar rastasi maʼnosiz, sotuvchilar kitoblar haqida hech narsa bilmaydigan bir robotic atmosferaga tushib qoladi.

Buni nega eslaganimni sababi oxirgi payt ham aynan joylardan, odamlardan, voqeliklardan fayz uchgan. Qayergadir borsang hamma oʻzi bilan oʻzi ovora. Rostdan ham "robotic" boʻlib qolgan. Sakinat va sukunat topa olmaysiz. Zamonaviylashish yaxshilikka yaxshiyu, bu degani odamiysizlashish degani emas. Bizga hissiyotlar bekorga berilmadi. Qaygʻurishimiz kerak boʻlganda qaygʻuramiz, hursand boʻlsak kulamiz, hafa boʻlsak qovoq olamiz. Biz insonmiz, poker face qilib yurishi kerak boʻlgan robot emas.

O'qishni davom eting

Izohlar (0)

?
Loading comments...
0