Ikki kunda shaxmat o'ynaydigan saytni ishga tushirdim

Hozirgi sun'iy intellekt rivojlangan paytda dastur yozish muammo bo'lmay qoldi, faqatgina g'oya topsangiz bo'ldi. Men o'zim oldindan qiziqqan va o'ylab yurgan proyektlarni yozishda (aniqrog'i yozdiris...

Doston Usmonov
Doston Usmonov
1/13/2026·1 min read
Ikki kunda shaxmat o'ynaydigan saytni ishga tushirdim

Hozirgi sun'iy intellekt rivojlangan paytda dastur yozish muammo bo'lmay qoldi, faqatgina g'oya topsangiz bo'ldi.

Men o'zim oldindan qiziqqan va o'ylab yurgan proyektlarni yozishda (aniqrog'i yozdirishda :)) davom etayapman.

Bu safar ancha yillar oldin juda berilib ketgan sport turim bo'lgan o'yin - Shaxmat o'yinini onlayn o'ynash platformasini yozdirdim.

2012-yili kuzda bitta sinfdoshim shaxmatda yurishlarni o'rgatib qo'ygandan keyin bir hafta har kuni o'ynab, o'rganib uni yutgan edim. Keyin Jagplay degan onlayn shaxmat programmasini o'rnatib olib, har kuni 30 minutlik partiyadan 20-25 marta o'ynardim.

Boshida rosa yutqazganman, ochkolarim 800 dan tushib ketganda endi yig'ishtiraman deganimda o'sha programmadagi bitta Andijonlik aka qanday yurish kerakligini aytib turganda 1-2 tasini yutib qo'yib, qiziqishim kuchaygan. Keyinchalik o'sha programmada reytingimni 2100 dan balandga olib chiqqan edim.

2016-yil oxirida ustozimni dasturlash kursi haqidagi e'lonini ko'rib qolmagunimcha shaxmatni juda ko'p o'ynaganman. Dasturlashni boshlaganimdan keyin kamaytirganman ancha.

Dasturlashni o'rgansam qachondir shunaqa sayt yarataman deb niyat qilgandim. Lekin sun'iy intellektsiz bitta odam bunaqa sayt qilishi uchun juda ko'p vaqt ketar ekan.

Ikki kun oldin shu narsa hayolimga keldi va sun'iy intellektga shu saytni yozdirdim. Menimcha yomonmas, har qalay o'ynasa bo'lyapti )

Sun'iy intellektni o'zingizga raqobatchi emas, yordamchi sifatida ko'ring, shunda u siz xohlagan narsalarni yozib beradi. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanib qolishimiz kerak

https://chess.doon.uz

O'qishni davom eting

Izohlar (2)

?
Loading comments...
2