Doomscroller β€” diqqatni "yeb qo'yadigan" odat haqida

Ingliz tilida doomscroller degan so'z bor. Qisqasi: ijtimoiy tarmoqlarni "bir daqiqa" deb ochib, keyin qanday qilib 40 daqiqa o'tib ketganini o'zi ham sezmay qoladigan odam. Odatda sariq yangiliklar,...

Abduqahhor Otajonov
Abduqahhor Otajonov
1/12/2026Β·2 min read
Doomscroller β€” diqqatni "yeb qo'yadigan" odat haqida

Ingliz tilida doomscroller degan so'z bor. Qisqasi: ijtimoiy tarmoqlarni "bir daqiqa" deb ochib, keyin qanday qilib 40 daqiqa o'tib ketganini o'zi ham sezmay qoladigan odam. Odatda sariq yangiliklar, salbiy xabarlar va cheksiz skroll bonus sifatida beriladi. O'zbek tilida aniq muqobili yo'q, lekin hammamiz bunday odamlarni yaxshi tanishimiz mumkin. Ko'pincha β€” o'zimizni.

Bunday odamlar doim band, lekin nimagadir ishlar tugamaydi. Vaqt yo'q, diqqat yo'q, kayfiyat ham uncha emas. Tan olish kerakki, men ham bir paytlar shu "klub" a'zosi bo'lganman.

IELTS imtihoniga tayyorlangan vaqtlarim AQSH va Buyuk Britaniya yangilik saytlarini muntazam o'qish bilan o'tgan. O'qish ko'nikmasini rivojlantirish uchun foydali bo'lsa-da, kayfiyat uchun unchalik yaxshi emas ekan. Karantin davrida esa bu "mashg'ulot" yanada kuchaydi: har kuni statistika, xaritalar, prognozlar… Natijada diqqat ham, kayfiyat ham sekin-asta "offline" holatga o'ta boshlagan.

Keyin oddiy bir xulosaga keldim: ijtimoiy tarmoqlarga maqsadsiz kirish β€” vaqtni ijaraga berish bilan barobar.

Yaqinda bo'lgan bir suhbat ham shu fikrni yana tasdiqladi. Bir tanishim diqqatini 10–15 daqiqadan ortiq ushlab tura olmayotganini aytdi. Biroz ishlaydi, keyin qo'li o'zi bilan o'zi telefon tomonga ketib qoladi. Sababini so'rasam, "loyiha zerikarli" dedi.

Qiziqib, undan qanday filmlarni yoqtirishini so'radim. Avvallari sarguzasht filmlarini ko'rganini, hozir esa "vaqt yo'qligi" sababli tomosha qilmayotganini aytdi. Shunda unga "Tetris" filmini tavsiya qildim. Ko'rib bo'lgach fikrini aytishini so'radim.

Bir necha kundan keyin so'radim:

β€” Bo'ladi, unchalik qiziq emas ekan.

β€” Nega? Qancha vaqtda ko'rib bo'lding?

β€” 10–15 daqiqada ko'rib bo'ldim.

10-15 daqiqa KARL . .. . . Muammo aslida filmda emas edi. Film aslida bir soat ellik sakkiz daqiqa davom etgan. Muammo β€” diqqatda edi.

Shu kichik "tajriba"dan keyin yana bir narsa aniq bo'ldi: doomscroller faqat ishda emas. U film tomosha qilayotganda ham, futbol ko'rayotganda ham, hatto do'stlar bilan o'tirganda ham yonimizda bo'ladi. Faqat bu safar nomi – "bir qarab qo'yay".

Bu odatdan chiqish bo'yicha ko'p tavsiyalar bor. O'zimiznikilar ham yomon maslahatlar bermayapti. Agar o'zingizda bunday alomatlarni sezsangiz, vaqti-vaqti bilan axborot ratsionini tekshirib ko'rish foydadan holi emas.

Albatta, agar vaqtingiz bo'lsa. Skroll qilishga berilib ketmasangiz, albatta.

PS: matn sun'iy intellekt yordamida tahrirlandi. Qaytaraman faqat tahrirlandi...)))

Izohlar (0)

?
Loading comments...
0